18 aprel tunida Quyoşda çaqnaş qayd etildi, mutaxassislar uşbu çaqnaşni M 6.7 sinfiga mansub deb belgilaşdi. Bu sinf çaqnoqlari örtaça quvvatga ega – ular X-sinf çaqnoqlaridan taxminan 10 barobar sust.

NASA mutaxassislarining ma'lumotiga köra, Quyoşning Active Region 2529 zonasida bir yarim haftadan buyon doğ kuzatilgandi. Doğning hajmi kattalaşib bordi va Quyoş yuzasi böylab tarqalgan. Doğ zonasida sekin-asta ortib borgan faollik çaqnoq hosil bölişiga– radioaktiv nurlanişga olib keldi.

Olimlarning fikriga köra, çaqnoq tufayli Yerning ayrim hududlarida radiosignal uzatiş bilan boğliq muammolar yuzaga kelgan. Şunga qaramay, quyoş radiatsiyasi odamlarga ta'sir ötkazmaydi, çunki sayyora atmosferasidan öta olmaydi.