Madridning «Real» klubi futbolçilari, jamoa boş murabbiyi Zinedin Zidan boşçiligida töp surişdan qoniqiş hosil qilmoqda.
Marca naşri bergan xabarga köra, madridliklar yetakçi hujumçisi Kriştianu Ronaldu va boşqa yetakçi futbolçilar Zidan mavsumdagi natijasidan qat'i nazar öz postida qolişini istaşmoqda.
Frantsuz mutaxassisi jamoada iş boşlagan birinçi kunidayoq futbolçilar joylaşgan joylarni ular bilan doimiy aloqada böliş va bir tilda suhbatlaşişga harakat qilgan.
Futbolçilarning fikriça, «Real» rahbariyati murabbiy bilan xayrlaşsa, ötgan mavsumda Florentino Peres Karlo Ançelottini işdan böşatgani kabi xatoga yöl qöyişi mumkin.
Rafael Benites işdan böşatilgaç, «Real» Zidan qöl ostida Çempionlar Ligasi yarim finaliga yöllanma oldi, 34 turdan keyin «Barselona» va «Atletiko» bir oçko ortda qolgan holda 3-örinni egallab turibdi.






