19 aprel kuni Moskva birjasidagi savdolarda Rossiya rubli birmunça kötarildi. Moskva vaqti bilan soat 10:10da, 1 AQŞ dollari uçun 65,7 rubl narx belgilangan. 1 yevro 74,4 rublga teng böldi.

Rubl kursi mustahkamlanişiga Brent rusumli neft narxi ösişi sabab böldi.

Brent markali neftning bir barreli, Londonning ICE Futures birjasi iyun oyi fyuçers savdolarida 1,9 foizga kötarilib, 43,77 dollarni taşkil etgan.

Kuvayt neft sanoati işçilari iş taşlaşni boşlagani töğrisidagi xabarlardan söng, neft narxi kötarila boşladi. Uşbu iş taşlaş, neft bozoriga ijobiy ta'sir körsatdi. Neft qazib oluvçi mamlakatlar energetika vazirlarining Dohadagi uçraşuvi samarasiz yakunlangaç, neft bahosi tuşib keta boşlagandi.

Kuvaytdagi iş taşlaşlarda içki neft sanotining 40 foizi qatnaşdi. Şu munosabat bilan, neft qazib oliş körsatkiçi 60 foizga qisqarib, kuniga 1,7 million barrelni taşkil etdi.

Mart oyi holatiga köra, jahon bozorida neftga bölgan talab taklifga nisbatan 1,6 million barrelga ösişni qayd etgan.