Kompyuter va smartfonlar işlab çiqaruvçi Apple kompaniyasi ikki yil ilgari Xitoy hukumatidan dasturiy ta'minlaşning manba kodini berişni talab qiluvçi mazmundagi xat olgan. Apple bunga rad javobini berdi.
Bu AQŞdagi kongressda Apple va FQB örtasidagi Amerika maxsus xizmatlari talabiga binoan telefondagi ma'lumotlarga çiqiş imkoniyatining berilişi zarurati töğrisidagi bahs-munozaralar natijasida ma'lum böldi. Aynan qanday manba kodi haqida gap ketganligiga aniqlik kiritilmadi.
"Imkon doirasida aniq gapirmoqçiman. Biz Xitoyga manba kodini bermaymiz", - dedi Apple kompaniyasining huquqiy maslahatçisi Bryus Siuill.
Apple bundan avval sud qarorini ijro etişdan boş tortgan va FQBga 2015 yil San-Bernardinoda hujum uyuştirgan terrorçining telefoniga çiqiş imkonini bermagan. Apple'da FQBning talablarini qondiriş uçun telefondagi ma'lumotlar himoyasini sezilarli ravişda kamaytiriş kerakligini ta'kidlaşmoqda.






