Tsyurix universiteti fiziologiya Instituti biologlari inson kökrak suti sut emizuvçilar orasida eng murakkab tarkibga ega ekanini körsatuvçi maqola çop etişdi. Unda 200dan ortiq turli şakarlar bor. Bu mol suti tarkibidagidan köproq. Tadqiqot Trends in Biochemical Sciences jurnalida çop etildi.

Olimlarning fikriça, sutning tarkibi va uning emiziş davri mobaynida özgarib borişi çaqaloqning immun tizimi va şakllanayotgan içak mikrobiomi – oşqozon-içak traktida mikroorganizmlarning tarqalişi bilan boğliq.

Sut tarkibidagi şakar bolaning qorni töyişi uçun emas. Yangi tuğilgan çaqaloqlarning organizmi bakteriyalardan xoli bölgani sababli uglevodlar unda içak mikroorganizmlarini yetiştiriş uçun möljallangan.

Bundan taşqari, ona suti patogenlar ösişini susaytiruvçi hamda çaqaloq qonida oq qon tanaçalarini faollaştiriş xususiyatiga ega intijism va molekulalarga boy. Bir oydan söng, bolada orttirilgan immunitet şakllana boşlagaç, sut tarkibi özgarib boradi. Ona antijismlari darajasi 90 foizdan ortiq pasayadi. Şuningdek, şakarlar turli-tumanligi kamayadi, biroq bolaning ösişini ta'minlovçi yoğlar va boşqa ozuqaviy moddalar soni ortadi.

Sutning köplab foydali jihatlariga qaramasdan, bolalar kökrak sutisiz ham soğlom ösişi mumkin. Biroq kökrak suti bolalar ölimini kamaytiriş va içak va nafas yöllari infeksiyalari xastaliklariga çaliniş xavfini pasaytiriş xususiyatiga ega.

Olimlarning sözlariga köra, million yillar evolyutsiyasi mahsuli bölgan kökrak suti tarkibi borasida çaqaloqlar uçun eng ma'qul ozuqa hisoblanadi. Lekin kökrak suti bilan bolani qaysi davrgaça oziqlantiriş töğri bölişi hamon noma'lum. Buni har bir ona özi hal qilişi lozim.