Xitoyning Pipo kompaniyasi buklanuvçi Bluetooth-klaviatura şaklida işlab çiqarilgan yangi, ixçam mini-kompyuterlarni taqdim etdi. Yangi qurilma KB2 deb nomlanadi va u Windows 10 Home operatsion tizimida işlaydi.

Korpus içida 1.44–1.84 GGts çastota va Intel HD Graphics grafik kontrolleriga ega 4 yadroli Intel Atom X5-Z8300 (Cherry Trail) protsessori, 2/4 GB operativ xotira, 32/64 GBli fleş karta, microSD xotira kartasi uçun joy va 2500 mAç siğimli akkumulyator mavjud.

Simli va simsiz interfeyslar töplamiga quyidagilar kiradi: USB 2.0, USB 3.0, micro USB, HDMI köriniş, Bluetooth, WiDiga ulana oladigan WiFi 802.11ac va quloqçinlar uçun rozetka. Işlab çiqaruvçilar yangilikning ölçovlari haqida ma'lumot berişmagan, biroq, videodagi tasvir orqali Pipo KB2 qulay va hamyonbop qurilma ekanligini köriş mumkin. Mini-kompyuterning töliq işlaşi uçun faqatgina monitor va siçqonça kerak böladi.

Qurilma joriy yilning may oyidan boşlab sotuvga çiqadi, biroq uning narxi haqida aniq ma'lumot yöq.