Eng noyob, eng kamyob, eng nodir, eng qimmat, eng, eng...
Dubayda bölib ötayotgan avtomobillar festivaliga kelgan maşinalarni ta'riflaş şunday davom etadi xolos, undan boşqaça emas. Avtomobil dvigatelining ajoyib işlaşi va içki salonini did bilan özgartirişga oid namunalar guvohini bölişni istagan kişi Dubayga şoşilişi lozim.
Axir festival atigi 3 kun davom etadi. Unda qatnaşiş uçun, nafaqat mintaqa yoki turli mamlakatlardan, balki boşqa qit'alardan ham kelişadi.
Xususan, Avstraliyadan kelgan Timning aytişiça, uning oxirgi marta xarid qilgan maşinasi "Şevrole" rusumiga tegişlidir. U 1941 yilda işlab çiqilgan bölib, konveyerdan çiqqan oxirgi maşinalardan biridir.
Tim esa, qulaylik va xavfsizlik nuqtai-nazaridan kelib çiqib, bugungi kun talablariga mos ravişda uni tyuning qilgan.
Umuman olganda, mijoz xohiş-istaklariga köra, har qanday avtomobilga turliça jilo va işlov beriş mumkin, deyişadi festival taşkilotçilari.
Buning uçun talab etiladigan pulni tölaş kifoya. Maşinangizga xohlagan böyoq yoki suratni anjumanning özida çizdirişingiz imkoniyati mavjud.
50 yillar avval, Dubayda "sahro kemasi" ham deb ataladigan tuyalar yurar edi. Bugun esa, ularning örnini qimmatbaho avtomobillar egalladi.






