Posh Mobile Micro X S240 dunyodagi eng kiçik smartfon nomiga da'vogarlik qila oladi.
Mazkur yangi qurilma narxi yaqinda Amazon saytida çegirma bilan 52 yarim dollarga baholandi. Gadjyet ölçami bor-yöği 89x47x11.6 mm.ni taşkil etadi. Uning hajmini bank kartasi bilan qiyoslaş mumkin. Oğirligi – 52 gramm. Qurilmaning old qismi kamtarona körinişda bölib, özining dizayni bilan maqtana olmaydi. Biroq zamonaviy foydalanuvçilar uçun zarur bölgan barça parametrlarga ega.

Posh Mobile Micro X S240 smartfonida 240x432 pikselga ega 2.4 dyuymli sensor displeyi mavjud bölib, çastota tezligi 1 GGts bölgan 2 yadroli MediaTek MT 6572M çipi, 512 MB operativ va 4 GB örnatilgan fleş xotira joylaşgan. U şuningdek, 32 GB hajmgaça microSD kartalarini kötara oladi. Tasvirga oliş uçun 2 megapikselli asosiy modul va frontal VGA-kamera örnatilgan. 650 mAç siğimli akkumulyator suhbat vaqtida 4 soatli va kutiş vaqtida esa 180 soatli avtonom işlaşni ta'minlay oladi. Smartfon Android 4.4 Kit Kat operatsion tizimida vazifalar bajaradi. HSDPA+ tarmoqlarida ham işlay oladi.








