Avstraliyada dunyoda eng qari it deb hisoblangan it nobud böldi. Uning yoşi 30da edi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.

Bu itning laqabi Meggi bölib, u Avstraliya kelpisi zotiga mansub edi. U Varrnambulda (Viktoriya ştati), Brayan Maklaren ismli fermerning uyida yaşagan.

Meggi ölimidan bir neça hafta avval soğlom bölgan, odatdagidek sayr qilib, itlarga xos tarzda muşuklarga irillab yurgan. Itning ahvoli umrining oxirgi ikki kunida yomonlaşgan.

"Biz a'lo darajadagi döstlar edik, usiz biroz qayğuli", deb aytdi Maklaren. Fermer itni özining boşqa iti göri yoniga kömdi.

Meggi dunyodagi eng qari it nomini olişga da'vogarlik qilgan, biroq fermer uning asl hujjatlarini yöqotib qöygani sabab uning "uluğ yoşdaligi" rasman tasdiqlanmagan.

Ayni vaqtda rasman tan olingan dunyodagi eng qari it ham Avstraliyada yaşaydi. Uning laqabi Blyui bölib, hozirda 29 yoşu 5 oylik.