Google kompaniyasi izlaş natijasini olgan foydalanuvçining yuz ifodasini tahlil qila oladigan algoritmni patentladi. Bu haqda 19 aprel kuni The Next Web xabar berdi.

Muhandislarning ta'biri böyiça, dastur old kamera va mobil uskunaning hisoblagiçidan foydalangan holda foydalanuvçining tana harorati va yurak uriş tezligini ölçaydi, şuningdek, köz qoraçiğining kengayişi, yuzning qizillik darajasi, köz harakatlarini nazorat qiladi.

Mimik harakatlar tahlili natijalari orqali kompaniya foydalanuvçining qidiruvga taqdim etilgan javoblardan qoniqiş darajasini aniqlaş niyatida. Kompaniya şundan kelib çiqib, mobil gadjyetlardagi funksiyalarini takomillaştirmoqçi.