Dunyoda yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya Intel Corp. kompaniyasi 12 ming xodimini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, qisqartiriş kompaniyaning 11 foiz işçilariga ta'sir qilgan. Bu haqdagi ma'lumot AQŞdagi fond savdolari yopilgandan keyin paydo bölgan.

Riley & Co. kompaniyasi tahlilçisi Kreyg Ellis ötgan yil oxiridagi ma'lumotlarga köra, kompaniyada 107 mingga yaqin odam işlagani va "kamarni siqibroq boylaş vaqti" kelganini aytdi.

2012 yilda kompaniya xodimlari soni 105 mingdan köproq bölgan. 2009 yilda xodimlar soni 79 ming kişini taşkil qilgan va bu 10 yil içidagi eng minimal körsatkiç bölgandi. Bu davr mobaynida kompaniya ikkita yirik xaridni amalga oşirgan: 2011 yilda McAfee va 2015 yilda Altera kompaniyalarini sotib olgan.

Intel, şuningdek, rahbarlar orasida örin almaştirişlar amalga oşirilişini e'lon qildi: kompaniyaning boş moliya direktori Steysi Smit işlab çiqariş va savdolar bölimi rahbari lavozimiga tayinlanadi.