Kiyev meri Vitaliy Kliçko işga velosipedda borişga qaror qildi. Bu haqda u özining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.
"Döstlar! Şahar markazidagi işxonamga velosipedda qatnaşga qaror qildim. Bir neça kundan buyon pedal aylantirişni yaxşi örganib oldim", deya yozgan Ukraina poytaxti meri.
Uning aytişiça, bu soğliq uçun öta foydali hamda harakatlaniş uçun qulay. Şu bilan birgalikda bu vositaning "minusi" haqida gapirgan mer velosipedda harakatlaniş orqali yöllarda avtomobil haydovçilari bilan muammolarga duç kelinişi mumkinligini aytib ötgan.
Vesti.ua naşrining aniqlik kiritişiça, Kliçkoning velosipedi Gocycle elektr motor bilan ta'minlangan. U soatiga 50 km tezlikkaça harakatlanişi mumkin. Bunday velosipedlar narxi Kiyevda 4,5 ming yevrodan boşlanadi.
Ötgan yilda Kliçko "Velosipedda işga" aksiyasida iştirok etgandi.






