«Real» jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Parijga borib «PSJ» jamoasi prezidenti Nosir al-Halayfi bilan uçraşgan. Bu haqda France Football xabar tarqatgan.
Futbolçi Fransiya poytaxtiga YeÇL çorak finali doirasida «Volfsburg»ga qarşi keçgan va 3:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdan keyinoq öz samolyotida uçib borgan.
Qayd etilişiça, Ronaldu parijliklar klubi rahbariyati bilan ilk marta uçraşmayapti va bu uning Parij jamoasiga ötişi haqidagi miş-mişlarni paydo qilgan.
Ronaldu ertalab Madridga qaytib ketgan va jamoa maşğulotida iştirok etgan.
Qayd etiş kerakki, «PSJ»ni jamoa yetakçisi Zlatan Ibrahimoviç tark etadi.
Bundan oldinroq, jamoa unga örinbosar sifatida «Barselona» hujumçisi Luis Suaresga ham qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar paydo bölgandi.






