The Sunday Times naşri har yili turli sohalarda faoliyat olib boruvçi eng badavlat britaniyaliklar röyxatini çop etadi. Gazetaning şu kunlarda çop etiluvçi sonida ham 2016 yilning eng badavlat irland va britaniyalik musiqaçilari reytingi tuzib çiqildi. Röyxat boşidagi ismlar bir neça yillardan beri özgarmay kelmoqda, biroq daromadlarning körsatkiçi sezilarli darajada farq qilişini köriş mumkin.

Xonanda Adel 30 yoşgaça bölgan musiqaçilar orasida 2012 yildan beri yetakçilikni qölda boy bermay kelmoqda. U yoş qöşiqçilar içida “Britaniyaning eng badavlat xonandasi”, deya e'tirof etildi.

Hozirda Adelning moliyaviy ahvoli 85 million yevroni taşkil etadi va bu ötgan yilgi körsatgiçga nisbatan 35 millionga köproq.

Uning deyarli barça albomlari nafaqat Britaniyada, balki AQŞ va boşqa mamlakatlarda ham xit darajasiga yetdi. 2015 yilda sotuvga çiqqan “24” nomli albomi ham eng köp sotilgan albom sifatida rekord örnatdi.

Agarda The Sunday Times alohida xonandalarning emas, balki butun jamoa daromadlarini hisobga olganida birinçi örinni “One Direction” egallagan bölar edi. Hozirda guruhning moliyaviy ahvoli 132 million yevroni taşkil etadi. Biroq xonanda yigitlarning alohida daromadlari – 33 million yevro bölib, bu esa ötgan yilga nisbatan 8 millionga ortgan.

Yoşi uluğlar daromadi

Biroq yoş san'atkorlarning daromadlari uzoq yillardan beri sahnada ijod qilib kelayotgan san'atkorlarnikiga yeta olmaydi. Agar yoşlarni hisobga olmay, umumiy reytingni köradigan bölsak, Adel 30-örinni egallagan. Şuningdek, u reytingdagi eng badavlat ayol xonanda maqomida ham birinçilardan emas. Röyxatda undan avval 91 million yevro daromadi bilan irlandiyalik xonanda va qöşiqlar muallifi Eniya turibdi.

Eniya odatda, omma oldida juda ham kam çiqiş qiladi. Biroq u ijro etgan taronalar va saundreklar xonandaning badavlat insonlar safiga kirişiga sababçi bölmoqda.

Pol Makkartni hamon reytingning “oltin” çöqqisini zabt etmoqda

Umumiy reyting hisobi böyiça uzoq yillardan beri “The Beatles” guruhining sobiq a'zosi Pol Makkartni eng badavlat inson sifatida birinçi örinni egalladi. Xonanda “buyuk törtlik”ning merosini avaylagan holda, yangi albomlar çiqarib, ijod etişda davom etmoqda. U 74 yoşni qarşilagan bölişiga qaramay, dunyo böylab gastrol safarlarini ham ötkazmoqda.

Hozirda Makkartni va uning rafiqasi Nensi Şevellning moliyaviy holati 760 million yevrodan iborat.