Futbol böyiça Germaniya Kubogining ikkinçi finalçisi nomi ham ma'lum böldi. 2015/16 yilgi mavsumda kubok egasi nomi «Bavariya» — «Borussiya Dortmund» öyinida aniqlanadi.
20 aprel kuni Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya Bundesligasida 4-örinni egallab turgan «Herta» bilan final yöllanmasi uçun bahs olib bordi. Öyin mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Bir kun oldin «Bavariya» «Verder»ni mağlubiyatga uçratib, Germaniya Kubogi finaliga yöl olgandi.
«Borussiya» va «Bavariya» törtinçi marta Germaniya Kubogi finalida uçraşadi. Ötgan 3 töqnaşuvdan bittasida, 2011-12 yilgi mavsumda dortmundliklar 5:2 hisobida ğalaba qilişgandi. Myunxenliklar şu vaqtgaça 17 marta bunday finallarda ğolib çiqqan.
Germaniya Kubogi
Yarim final öyini
20 aprel, çorşanba
«Herta» — «Borussiya Dortmund» 0:3
Gollar: Gonsalo Kastro, 20 (0:1). Marko Roys, 75 (0:2). Genrix Mxitaryan, 83 (0:3).
Herta – Yarsteyn, Lustenberger, Bruks, Plattenxardt, Xaraguti (Şiber, 65), Vayzer, Şelbred, Ştark, Xegeler (Baumyoxann, 62), Kalu, Ibişeviç.
Borussiya D – Byurki, Xummels, Şmeltser (Durm, 84), Pişçek, Vaygl, Kagava, Bender, Mxitaryan, Kastro (Gyundogan, 77), Roys, Ramos.
Ogohlantirişlar: Kastro (70), Plattenxardt (72).
«Bavariya» Myullerning dubli evaziga «Verder»ni yengib, Kubok finaliga yöl oldi






