Amerikaning CNN telekompaniyasining ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Barak Obamaga 20 aprel kuni Ar-Riyodda atayin "sovuq" (agar haqoratomuz bölmasa) qarşi olişdi. Ta'kidlanişiça, bu "qaçonlardir işonçli ittifoqdoş bölgan mamlakatlar munosabatlarining sovişi davom etayotganligidan dalolatdir".
Naşr qirollik hukumatining rasmiy taşrif protokolidan çekinişida va boşqa bir qator vaziyatlarda döstona bölmagan munosabatlar belgilarini qayd etgan.

Masalan, samolyot qönganidan söng aeroportga Obamani kutib oliş uçun hukmron qirollik oilasi vakillari emas, Ar-Riyod gubernatori jönatildi. Bu galgi qabul prezident Jorj Buş davrida bölgani kabi Saudiya Arabistoni podşohining quçoq oçib kutib olişi örniga qöl siqib qöyiş bilangina çeklanildi.
Obama va podşoh Salmon ibn Abdul Aziz al Saudning uçraşuvi Saudiya televideniyesi orqali körsatilmadi. Buning örniga podşohning bugun Ar-Riyodda bölib ötadigan Fors körfazidagi arab mamlakatlari hamkorligi kengaşi sammitining iştirokçilarini iliq qabul qilayotgani namoyiş etildi.

Ar-Riyod Obamaning AQŞdagi kongressda Amerika sudlarida 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlarga aloqadorlik böyiça Saudiya hukumatiga qarşi işni köriş imkonini beruvçi qonun loyihasiga rozilik bermasligiga erişmoqçi. CNN'ning ma'lum qilişiça, qirollikning TIV rahbari Odil al-Jubayr ötgan oyda Vaşingtonga taşrifi çoğida bu haqida ogohlantiriş bergan.






