Google kompaniyasi Android operatsion tizimi bozorni yanada raqobatbardoş qilişiga işonadi va Yevrokomissiya uçun buni isbotlab berişga tayyor. Bu haqida RIA «Novosti» Google kompaniyasining katta vitse-prezidenti va boş maslahatçisi Kent Volkerga tayangan holda xabar berdi.

Yevrokomissiya kompaniyani Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarşi qonunçiligini buzgan, deb hisoblamoqda. Sababi, Google öz komponentlarini örnatişni talab qilgan. Yevrokomissiya fikriça, bu holat boşqa operatsion tizim bilan işlaydigan qurilmalar savdosiga tösqinlik qilmoqda.

«Android oçiq kod va innovatsiyaga ega DT asosida ajoyib, eng muhimi, barqaror ekotizimni rivojlantirişga yordam berdi. Biz Yevrokomissiya bilan hamkorlik qilişdan xursand bölamiz va Android raqobatni rağbatlantirişi va foydalanuvçilarga keng imkoniyatlar berişini isbotlab berişga tayyormiz», — qayd etdi Volker.