Toşkentda sayohatlarni buyurtma qiluvçi "inDriver" xalqaro internet xizmati öz işini boşladi. Xizmat körsatiş 21 aprel kuni rasman kuçga kirdi. Özbekiston mazkur ilova xizmat körsatayotgan törtinçi mamlakat böldi.

Uşbu mobil ilovaning Toşkentda işga tuşirilişi haqidagi gap-­sözlar ançadan beri bolalayotgan edi. Texnologik va qulay xizmat qisqa vaqt içida Rossiya hamda Qozoğistonda misli körilmagan natijalarga erişdi.

"inDriver" turli şaharlardagi yölovçi va haydovçilarni birlaştirdi, jami foydalanuvçilar soni ­ bir milliondan ortiq! "inDriver" Toşkentda yölovçilarga litsenziyali haydovçilarning eng keng va qulay buyurtma bazasini taklif etadi.

"inDriver"ning siri nimada?

1. Pulni tejaş. "inDriver" sayohatining örtaça narxi an'anaviy taksi xizmatining bahosidan 30-­50 foizga arzonroq.

2. Vaqtni tejaş. Bundan buyon taksi xizmatlaridan böş maşina qidirib qönğiroq qiliş zarurati yöq. Buyurtma qilingan maşinani qaçon kelişini sörab dispetçerlar bilan muloqot qilib ötirişga hojat qolmadi. Buyurtmani rasmiylaştirib to avtomobil kelguniça atigi 2­3 daqiqa vaqt sarflanadi.

3. Qulaylik va oddiylik. Ilova interfeysi tuşunarli va mantiqiy. Buyurtmani rasmiylaştiriş juda oson ­ yönaliş va narxni buyurtma şaklida töldirsa bölgani. Eng yaqin joyda joylaşgan taksi haydovçisining özi yölovçiga qönğiroq qiladi.

4. Qönğiroqsiz buyurtmalar. Şaharning interaktiv xaritasidan özi istagan rusum, masofa yoki reytingiga köra tanlaş imkoni. Istagan avtomobilni tanlab, boşqa haydovçilarga körinmaydigan şaxsiy buyurtmani amalga oşiriş mumkin. Buyurtma qabul qilinganligi töğrisidagi tasdiqlovçi xabar ilovada körinadi.

5. Funktsionallik. Köplab qöşimça optsiyalar sayohatning qöşimça turlarini körsatiş imkonini beradi ­ mikroavtobus tanlaş, bolalar kreslosining borligi kabilar.

6. Texnologiklik. Buyurtma qilgan yölovçi haydovçi bilan orasidagi masofani va taksining belgilangan yönalişda harakatlanişini şahar xaritasida körişi mumkin. Avval amalga oşirilgan yönalişdagi taksi xizmatini bir klik bilan takrorlaş mumkin.

7. Xavfsizlik. Yölovçi haydovçining ismi şarifi, yoşi, avtomobil rusumi va raqami, şuningdek bajarilgan buyurtmalari sonini körib turadi. Har bir haydovçi litsenziya va kelişuvga ega. Buyurtma qilmoqçi bölgan yölovçi haydovçilarni avvalgi yölovçilar qöygan baholarga qarab saralaşi mumkin.