2016 yil birinçi çoragida Mail.Ru Group jami daromadi 2015 yil şu davr bilan soliştirganda 11,3 foizga ösdi va 9,73 milliard rublni taşkil etdi. Bu ma'lumotlar kompaniya hisobotida körsatilgan. Bu körsatkiçda 2016 yil fevral oyida sotilgan HeadHunter natijalari hisobga olinmagan.

Onlayn reklamalardan olingan daromad birinçi kvartalda 34 foizga ösdi va 3,9 milliard rublni taşkil etdi.

“Biz 2015 yil ikkinçi yarmida boşlangan targeting reklama bilan boğliq tendensiyaning avj olayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Bunday reklamalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarimizning mobil foydalanuvçilari uçun möljallangan”, - fikr bildirdi kompaniya raisi Dmitriy Grişin.

Umuman olganda, 2016 yilda Mail.Ru Group uşbu yönalişda barqaror ösişi kutilmoqda.

“VKontakte”ning daromadi uşbu kvartalda 1,88 milliard rublni taşkil etdi (45,9 foiz ösiş).

Onlayn öyinlardan keladigan daromad esa yilning birinçi uç oyida 2,4 foizga oşdi va 2,35 milliard rubldan iborat böldi.

2016 yilning birinçi çoragi oxirida qarzlarni çiqarib taşlaganda, kompaniya hisobidagi sof pul qoldiği - 573 million rubl. HeadHunter savdosi böyiça ikkinçi tölov aprel oxirigaça amalga oşiriladi, bu ham hisobdagi sof qoldiq hajmining köpayişiga olib keladi.

2016 yilning 31 mart holatiga köra, Mail.Ru Group kompaniyasining qarzi 10 milliard rubl (66 million rubl foiz ustamasini hisobga olmagan holda) iborat.