Xonanda Sardor Rahimxon özining Instagram`dagi sahifasida qiziqarli video joylaştirdi: unda Muhammadiso Abdulhairov xonandadan konsert dasturiga ikkita çipta berişini söraydi. Sardor Rahimxon esa konsertga çiptalar qolmaganini aytib, aktyorning iltimosini rad etadi. Bu holat Muhammad Iso Abdulhairovni ranjitadi.

Rahimxon rolikning tagiga quyidagi sözlarni qoldirgan: “Muhammadiso Abdulhairov — eng yaxşi körgan aktyorim. Ming bor uzr, akajon”.

Tarmoq foydalanuvçilari uşbu video hazil tariqasida olinganini va bu konsert oldi tayyorlangan piar ekanligini qayd etişmoqda, ba'zilar bu rolik juda kulguli va qiziq tuyulganini yozib qoldirişgan. Joriy yilda köplab xonandalarning konsert dasturiga çipta sotiş jarayonida muammolar paydo bölmoqda. Ayrim xonandalarning konsertiga hattoki, qalbaki çiptalar ham tarqalib ketdi. Şuningdek, bu mavsumda konsertlar ham talaygina. Mazkur rolik esa muxlislar va internet naşrlarining e'tiborini tortiş uçun atayin uyuştirilganga öxşamoqda.