Nukus şahrida Özbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bağişlab “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” şiori ostida ötkazilgan yoşlar festivali doirasida Yoşlar markazining yangi binosi foydalanişga topşirildi.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallaşi, jismonan soğlom va yuksak ma'naviyatli insonlar bölib ulğayişiga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

Yoşlar markazida yoşlar böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun barça şaroit yaratilgan. Xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, şaxmat-şaşka, tasviriy san'at, raqs tögaraklari faoliyati yölga qöyilgan, axborot-resurs va yoş tadbirkorlar uçun maslahat markazlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkazişga möljallangan tantanalar zali zamonaviy jihozlangan.

Quriliş-ta'mirlaş işlari 4 milliard 400 million sömdan ziyod mablağ evaziga amalga oşirildi. Markazning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş uçun 154 million söm, zamonaviy mebellar uçun 192 million, zarur adabiyotlar va elektron kitoblar uçun 400 million söm mablağ ajratildi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi M.Yerniyazov sözga çiqdi.