Internet tarmoğida, Renault’ning 5 metrdan uzunroq yöltanlamasi suratlari paydo böldi. Maxthon deb atalişi kutilayotgan avtomobil suratlarini Caradisiac naşri çop etdi.
Frantsuz brendi uşbu modelning ilk suratini 2016 yil 19 aprel kuni e'lon qilgandi. Unda taşqi yoritqiç çiroğining bir qismini köriş mumkin edi. Ikkita suratdan “Reno” yöltanlamasining dizayni, 2015 yilda taqdim etilgan Talisman sedani va universali uslubida işlab çiqilgani ma'lum böladi.
Xabarlarga köra, Maxthon CMF platformasi negizida teriladi. Ma'lumki, Nissan Qashqai va X-Trial avtomobillari ham ayni platforma asosida barpo etiladi. Unga 3 turdagi motorlar, ikkita 150- va 200-ot kuçiga ega benzinli va 1,6-litr hajmli 160 ot kuçiga ega dizel dvigateli örnatiladi.
Yangi maşina namoyişi 25 aprel kuni iş boşlaydigan Pekin motorşousida bölib ötadi. Maxthon Yevropa va Osiyoda sotiladi, Hyundai Santa Fe hamda 7 kişilik Skoda yöltanlamasi unga raqobatçi bölişi aytilmoqda.






