Bolaligimizda ösmir-yoşlarning qölida gitara bilan köçani töldirib yurişlariga havas bilan boqqanmiz. Biz ösmirlik davriga qadam qöyganimizda gitaralar örnini “Vesna”, “Romantik” magnitafonlari egalladi. Endilikda biz köçalarni töldirib, magnitafon ovozini baland qilib göyoki, hammani özimizga qaratardik. Eng qiziği, köçani boşidan ham, örtasidan ham, oxiridan ham magnitofonlardan Şerali Jörayev qöşiqlari yangrardi. Kimdir “Özbegim”ni, yana kimdir “Bilib qöy şerlarning makonidanman” qöşiğini, yana kimdir “Birinçi muhabbatim”ni baland ovozda eşitişni sevardi. Qöşiqlarning eng maşhuri, sözsiz “La'lixon” edi.

Qişloğimizning Ziyodulla Şukurov degan öziga xos surnayçisi, artisti bor edi. Qişloq töylarini, asosan, Ziyodulla aka ötkazardi. Şerali Jörayev bilan tengdoş bölmiş Ziyodulla aka uyining tomiga radiokarnay örnatgan bölib, ertadan keçgaça Şerali Jörayev qöşiqlarini baland ovozda qöyib, butun qişloqqa eşitirar edi. Bolaligimiz va yoşligimiz Şerali Jörayev qöşiqlari bilan ötdi, desam aslo mubolağa qilmagan bölaman.

1988 yil bölsa kerak, buyuk hofizimiz qişloğimizga taşrif buyurib, hamqişloğimizning sunnat töyini rosa qizdirgan edi. Öşanda aka-uka Vahobovlar ham bazmda iştirok etib, Şerali Jörayev farzand körganini aytişganda töyda iştirok etayotganlarning hammasi şodlikdan qiyqirib yuborgani ham yodimda. Takliflarga köra Şerali Jörayev “Özbegim”ni kuylaşdan avval şunday degani hamon quloqlarim ostida. “Men ertalabgaça bu töyda qöşiq kuylamoqçi edim. Ammo özingizdan köringlar. “Özbegim”ni kuylasam tomirlarimda qon töxtab qoladi. Şundan keyin boşqa qöşiq kuylay olmayman”, deya bu qöşiqni kuylab olqiş olgan edi. Öşa töyda ilk bor Şerali Jörayevning qölini olib, körişiş nasib qilgan edi. Qişloğimizda turkiy tilda gözal ğazallar yozgan Atoyi degan klassik şoirimiz tavvallud topib, keyinçalik Balxga borib yaşab ötganini, bu şoirga Alişer Navoiy ham yuksak baho berganini, iloji bölsa, “Ul sanamkim, suv yoqosinda bir paridek öltirur, ğoyat nozikligidin suv bilan yutsa bölur”, deb boşlanuvçi ğazalini qöşiq qiliş taklifini bergan edim. Hozirça bu iltimosim bajarilganiça yöq. Öylaymanki hozirça... Çunki Alişer Navoiy, Bobur, Maşrab, Lutfiy, Hofiz Şeroziy, Uvaysiy kabi mumtoz adabiyotimiz vakillarining ğazallarini ijro etgan xofizimizning qaçonlardir Atoiy ijodiga murojaat qilişiga işonaman. Şerali Jörayevning Şarof Raşidov, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon ijodiga murojaat qilişi, ayniqsa, şe'rlari heç qaçon qöşiq bölmagan Oybekning “Özbekiston” qöşiği tillarda doston bölgan edi. Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub “Onaginam” va “Muqaddas ayol” qöşiqlarini Şerali Jörayevdan boşqa heç kim dardli ijro etaolmasa kerak. “Birinçi muhabbatim” haqida turli fikrlar, jumladan, şoirning özi ham, hofiz ham öz qaraşlarini aytişgan. Bu borada “Birinçi muhabbatim” yoki şu nomdagi şe'rni men qanday tuşunaman”, degan maqolamda yozganimdek, mening fikrim özgarmay qoladi. Ya'ni bu şe'r qandaydir qizga emas, Allohga munojat sifatida körilişi kerak. Şe'rni öqiyotganda, qöşiqni tinglayotganda dilimizda Alloh bölişi kerak. Agar kimdir sevgan yigiti yoki qizini birinçi muhabbatim deya, uni Alloh darajasida körar ekan bu osiylikdan boşqa narsa emas.