Sud majlisi yakuniga yetib, hukm öqildi. Sudlanuvçi Jamşid Erkinovga (ism–familiyalar özgartirilgan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

22 yoşni qarşi olgan J.Erkinov asli navoiylik. U poytaxtga kelib, vaqtinçalik röyxatga turadi va Yunusobod tumanidagi kiçik korxonalardan biriga işga kiradi. 2014 yilning dekabr oylarida esa fuqaro Anvar Mansurovning böş turgan kvartirasini yaşaş uçun ijaraga oladi. Ijarada turgan uyiga taniş–bilişlarini olib kelib, maişat qilişni odat qiladi. Bundan xabardor bölgan A.Mansurov uşbu holatdan norozi bölib, unga bir neça marotaba tanbeh beradi.

Ötgan yilning fevral oylari boşlarida A.Mansurov undan uyni böşatişni talab qiladi. Natijada örtada janjal kelib çiqadi. Uşbu janjal muştlaşişga sabab böladi. Mazkur jarayonda yoş yigit abjirlik qilib, xonada turgan sport sumkasining boğiçini oladi va A.Mansurovning böynidan böğa boşlaydi. Oradan bir neça daqiqa ötgaç, A.Mansurov böşaşib, yerga yiqiladi va joni uziladi. Uy egasini öldirib qöyganini anglagan Jamşid uning çöntagidagi avtomobil kalitini olib, marhumning köçada turgan avtomaşinasini öt oldiradi va yaşiriniş maqsadida voqea joyini tark etadi. Yölda fuqaro R.Xojiyevaga tegişli avtomaşina bilan töqnaşib ketadi. Bu holatda ham J.Erkinov voqea joyidan qoçib qoladi. Maşinani Uçtepa tumani hududidagi köpqavatli uylarning tagida qoldirib, özi yaşirinadi.

J.Erkinov ham uzoqqa qoçib keta olmadi. Qilmişi uçun qonun oldida javob berişiga töğri keldi.