Estrada qöşiqçiligi san'atining rep janrida ijod qilişni Şohruxdan keyin boşlagan Şahriyor “Bekajon” gazetasida bergan intervyusida ijodiy tanaffusning sabablari, “Tarona”dan nega ketganligiga izoh berdi.
Şahriyor 1989 yil Samarqand şahrida tuğilgan. Özining aytişiga qaraganda Şahriyorni ilk marotaba yuzaga çiqargan “Sevimli ijroçi” loyihasi bölib, 2002 yildan Samarqand “Yoşlar markazi” qoşidagi uşbu loyihada qatnaşa boşlaydi.
2005 yil Samarqandda bölib ötgan “Rep festivali”da Surat Karimov va “Tarona”ning vakillari ham mutasaddilar qatorida bölib, festival yakunlangaç Şahriyor rep yönalişidagi yangi loyihaga taklif qilindi.
— Bir hafta ötgaç, poytaxtga yöl oldim. Bu yerdagi kuraş oson keçmadi. Raqobat kuçli edi. Ammo ular...
Kompaniyadan ketişimga heç qanday sabab bölmadi. Şunçaki şartnoma muddati tugadi, xolos. Men ham yakuniy xulosaga keldim va özim mustaqil ravişda ijod qilişni istadim. Men u yerda heç kim “turtkilagani” yöq. Ehtimol, kelajakda yana bu kompaniya bilan hamkorlikda işlarmiz. Ijodiy tanaffusning sababi, hayotimda juda köp voqealar röy berdi. Köp narsalar özgardi... Ijodimni boşqatdan boşlaş, yangi qarorlar qabul qilişim uçun şu kungaça bölgan ijodimni bosib ötgan yöllarimni sarhisob qilişni istadim. Şu bir oz vaqt talab qildi.






