Madridning «Real» klubi boş murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya çempionati 34-tur doirasidagi «Vilyarreal»ga qarşi uçraşuvdagi yirik hisobdagi (3:0) ğalabadan keyin Kriştianu Ronalduning jarohati borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Ronaldu juda katta hajmdagi işni bajaradi, jamoa uçun işlaydi — buni hamma tan oladi. U nafaqat gollar uradi, balki himoyaga qaytib töpni qaytarib olişda ham iştirok etadi. Biz bugun himoyadan hujumga juda yaxşi çiqib keta oladigan jamoaga qarşi öynadik, ammo ularga bugun heç qanday imkoniyat qoldirmadik.
Ba'zida Ronalduni oldinroq almaştirmaganimdan afsuslanaman. Vaqt ötgan sari bunga zarurat köpaymoqda. Ammo u maydonda doim bölişni istaydigan va butun borini taşlab öynaydigan futbolçi», — deya ta'kidladi Zidan.
Eslatib ötamiz, keça bölib ötgan uçraşuvning sönggi daqiqalarida Ronaldu son muşaklaridan olgan jarohati sabab maydonni erta tark etişga majbur bölgandi.






