Boeing Amerika korporatsiyasi 737 MAX tor fyuzelyajli havo kemalari oilasini yangi Boeing 737 Max 7X samolyoti bilan boyitmoqçi. U Boeing 737 Max samolyotiga nisbatan köproq yölovçilarni siğdira oladi va uzoqroq masofaga uça oladi. Ularning işlab çiqarilişi 2019 yilga rejalaştirilgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga tayanib, TASS xabar qildi.

Gazetaga köra, yangi samolyot 150 kişini taşiy oladi va 126 yölovçiga möljallangan samolyotning örnini bosadi. Loyihani amalga oşirişdan avval korporatsiya yaqinda 737 seriyadan 45ta samolyot buyurtma qilgan United Continental xoldingi va Southwest Airlines aviakompaniyasi roziligini olişi lozim.

Naşrga binoan, Boeing 737 Max 7X kanadalik Bombardier aviaquruvçi kompaniyasi bilan raqobatda tor salonli yölovçi taşuvçi samolyotlar pozitsiyasini saqlab qoliş uçun öylab çiqildi.

Yangi modelni sinovdan ötkaziş 2016 yilning birinçi yarmida möljallangan. Hozir samolyot uçişoldi sinov parvozlarini amalga oşiradi.

Tor fyuzelyajli yangi samolyotlar yoqilği kam sarflaşi va foydalaniş samaradorligi bilan sifatlanadi.