HTC gigantlari köp yillardan beri suratga oliş yuqori sifati bilan maqtana olmayotgan edi. HTC One (M7) telefonida kompaniya birinçi marta UltraPixel texnologiyasini qölladi va yuqori pikselli kamera hajmini örnatdi. Keyingi modellarida esa işlab çiqaruvçi bu yangiligini davom ettirmadi, raqobatçilar esa vaziyatdan unumli foydalanib ilgarilab ketdi.
Yangi HTC 10 telefonida kompaniya izlanişlarini yana yölga qöya oldi va modelning kamerasi bozorning eng oldi mahsulotiga aylandi. DxOMark nufuzli manba HTC 10 manbasiga 88 balli yuqori baho berdi. Bugun internet tarmoğida HTC yangi telefoni hamda Apple’ning iPhone 6S olgan suratlar taqqoslangan material paydo böldi.
Ma'lumki, HTC 10 telefoniga f/1,8 diafragmali va katta hajmli - 1,55 mkm pikselga 12 megapikselli UltraPixel moduli örnatilgan. Bundan taşqari, kamerada ifodani optik jihatdan mö'tadillaştiriş, ikki martalik çaqnoq va lazerli avtofokus qöllangan. iPhone 6S telefonida ham f/2,2 diafragmali va 1,22 mkm piksel hajmga ega 12-megapikselli sensor örnatilgan. Bu modelda optik mö'tadillaştiriş funksiyasi yöq.
Quyida HTC 10 (çap tomonda) hamda iPhone 6S (öng tarafda) telefonlarida olingan suratlardan misollar:












