Mercedes-Benz kompaniyasi qoşidagi AMG tyuning atelesi örta hajmli motor örnatiladigan gibrid superkari işlab çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda. U Mercedes-AMGning ikkinçi superkari bölişi kutilmoqda. Hozirça mazkur zavod tomonidan AMG GT sportkari işlab çiqilgan, deb yozmoqda Autocar naşri.
Model konstruksiyasida karbon va alyuminiydan foydalaniş, unga işçi hajmi unça katta bölmagan V6 motorini örnatiş rejalaştirilgan. Mercedes-AMG, şu yöl bilan öz maşinalarini imkon qadar Formula-1 poygalarida iştirok etgan avtomobillariga öxşatiş niyatida. Nemis avtomobilsozlari jamoasi Lyuis Xemilton boşqaruvida ikki marta jahon çempionatida ğalaba qozongan edi.

Ammo Mercedes-AMG Porsche 918 Spyder, McLaren P1 yoki Ferrari LaFerrari maşinalariga raqobatçi yaratiş istagida ham emas. Yangi superkar, McLaren 650S va Ferrari 488 bilan raqobatlaşa oladigan BMW i8ga öxşaş yuqori texnologiyali, lekin ulkan quvvatli avtomobil bölişi kutilayapti.
Mercedes-AMG superkari ikki xil körinişda: tomi qattiq qoplamali va orqaga oçiluvçi namunada işlab çiqiladi.
Avvalroq Mercedes-AMG şu yilning oxirigaça 10ta yangi model işlab çiqişi kutilayotgani xabar qilingan edi. Ularning aksariyati, Mercedes-Benz avtomobillarining kuçaytirilgan namunasi böladi. Masalan, Mercedes-AMG GLC 63 krossoveridan taşqari, GT superkarining yangi modifikatsiyasi va tomi oçiq namunasi ham tayyorlanmoqda.






