2016 yilning 19-21 aprel kunlari Pekin şahrida (Xitoy) Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengaşining (MKK) navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Majlisda Özbekistonning ŞHTga raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni körib çiqildi.
Uçraşuv davomida Toşkent şahrida ötkaziş rejalaştirilgan ŞHTga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengaşi, Taşqi işlar vazirlari kengaşi, Madaniyat vazirlari yiğilişi, Işbilarmonlar kengaşi boşqaruvi, Banklararo birlaşma kengaşi yiğilişlarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston tomoni 13-14 aprel kuni bölib ötgan ŞHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining ön birinçi uçraşuvi yakunlari töğrisida ma'lumot berdi.






