Jahonga maşhur qöşiqçi Prints 21 aprelda özining Minneapolis yaqinidagi Peyşli park turar-joy mulkida ölik holda topildi.

Prints jasadi ertalab topilgan, qutqaruv xizmatiga bu haqdagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 9.43 da tuşgan. Töliq ismi Prins Rodjyers Nelson bölgan qöşiqçi bundan 6 kun avval şamollaş alomatlari bilan şifoxonaga yotqazilgandi.

Qöşiqçi 1958 yilda Minneapolisda tuğilgan. U öz musiqiy faoliyatini ritm-end-blyuz yönalişidan boşlab, fank, jaz ijroçisi sifatida nom çiqargan. Qöşiqçi musiqiy iste'dodidan taşqari, özining yorqin imiji va mojarolarga sabab böluvçi xatti-harakatlari bilan ajralib turgan.

Musiqaçi ommani nafaqat musiqasi va kiyimlari bilan, balki 1993 yilda öz taxallusini erkak va ayol ramzini bildiruvçi belgilardan iborat, talaffuz qilib bölmaydigan emblemaga özgartirgani bilan ham hayron qoldirgan. Bundan keyin uni "avval Prints nomi bilan ma'lum bölgan artist" deb atay boşlaşgan.

Qöşiqçi hammasi bölib 39 ta albom yozgan. Uning oxirgi albomi 2015 yilda çiqqan. Qöşiqçining eng maşhur qöşiqlaridan biri Purple Rain (Binafşarang yomğir) qöşiği hisoblanadi.