Polşalik yahudiylar ravvin sifatida ularning işonçiga kirgan nasroniy katolikni foş qilişdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Uşbu voqea Poznanda yuz berdi. Şaharning yahudiylar jamoati vakili Alisiya Kobusning aytişiça, özini Xayfa şahridan bölgan Yakov ben Nistell deb taniştirgan erkak yahudiylarning işonçiga kirib olgan. U Isroil mustaqillik kuniga an'anaviy bayram noni pişirgan, yahudiylar qabristonida qabrlarga qarab yurgan, yahudiy tilida bemalol gaplaşgan, Isroil radiosini tinglagan, barça duolarni bilgan va yahudiylar tarixi böyiça ma'ruzalar öqigan. Uni birinçi bor körgan yahudiylar uni ravvin deb öylaşmagan, erkak bunga qarşilik ham qilmagan. Polşaning boş ravvini Mixael Yosef Şudrix soxta yahudiy bilan bir neça bor uçraşganini, u doimo jilmayib turadigan xuşmuomala odam bölganini aytgan.

Erkak tasodifan foş qilindi: uning qadrdon şahri Tsexanuv aholisi katolik va musulmon ruhoniylari iştirokidagi tadbirning teletranslyatsiyasi vaqtida öz hamşaharlarini tanib qolişgan. Ular uning asl ismi Yatsek Naşçota ekanligi, özi katolik va yaqin kunlargaça oşpaz bölib işlaganini ma'lum qilişgan. Erkak foş bölganini bilgaç, ğoyib bölgan.

Şaharning yahudiy jamoati erkak ularning obrösiga qandaydir ziyon yetkazgan bölişi mumkinligini aniqlaştirişmoqda. Bu orada Şudrix bu voqea ayançli bölsada, biroq Polşada yahudiy an'analariga qiziqişning ortayotganidan dalolat berişini aytgan. "Kim 30 yil avval, 70 yilni gapirmasayam böladi, ravvin bölişni xayoliga keltirgan?", deb savol bilan yuzlandi Şudrix.

Bugungi kunda Polşada 80 mingga yaqin yahudiy yaşaydi. 47 foiz polyaklar yahudiylar mamlakatda katta ta'sirga ega, deb hisoblaydilar.