Xokkey böyiça ikki karra Olimpiya çempioni Vladimir Petrov Qozonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş kengaşi yiğilişida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xokkey böyiça Rossiya çempionatida "TsSKA"ning ğalabasi şarafiga antiqa sovğa – uzuk taqdim qildi.
"Biz ötgan yili çempion bölgandik. Biroq sizga sovğa bermagandik. Biz sizning "armiya" xokkeyini yaxşi körişingizni bilamiz. Şuning uçun klubimiz topşiriği bilan Sizga sovğa topşirmoqçiman" deb, Petrov Putinga uzuk sovğa qildi. Putin bu sovğa uçun minnatdorçilik bildirdi.
Rossiyaning 2014/15 yillardagi çempioni Kontinental xokkey ligasi çempionati natijasiga köra aniqlangandi. Bu unvonga ötgan yili Moskvaning "TsSKA" klubi xokkeyçilari sazovor bölgandilar.
Putin turli antiqa sovğalarni köplab oladi. Misol uçun, unga bir marta Rossiya imperiyasi tojining nusxasi sovğa qilingan. Bu tojni Putinga aktyor Gennadiy Xazanov yubileyi munosabati bilan u bilan uçraşganda taqdim qilgan. Xazanov tojni Putinni boşiga kiygazmoqçi bölganda Putin buning aksini qilib, tojni aktyorning özining boşiga "qöndirib" qöygan.






