Suriya poytaxti Damaşq şahridan janubi-ğarbda harbiy samolyot qulagan. Bu haqda Reuters agentligi Suriyadagi Inson huquqlari böyiça kuzatuv kengaşi (Syrian Observatory for Human Rights) ma'lumotiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, samolyot Damaşq yaqinidagi aeroportdan parvoz qilgandi. Ayni vaqtda hodisa sabablari aniqlanmagan.

Halokatdan oldin samolyot IŞID nazorati ostida bölgan hudud osmonidan uçib ötgan.

Bu halokat tufayli qurbon bölganlar haqida ma'lumotlar yöq, uçuvçilarning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.

5 aprel kuni Suriya harbiy havo kuçlariga tegişli samolyot qulagan, u IŞID tomonidan urib tuşirilgani taxmin qilingandi.