SMRT Singapur ijtimoiy transport operatori va 2getthere kompaniyasi hamkorlikda 2getthere Asia korxonasini şakllantirişdi, u Osiyo-Tinç okeani mintaqasida yölovçilarni robotlaştirilgan avtobuslarda taşiş tizimini taraqqiy ettiradi.

Singapurda avtopilotli maxsus elektrik "podlar" paydo bölişi kutilmoqda, ulardan "sönggi mil" transport vositasi sifatida foydalaniladi, ya'ni idoradan avtoturargohgaça yoki metro bekatigaça bir neça kilometr qolganda undan foydalaniş mumkin.

2getthere Asia korxonasi 24 nafar yölovçini siğdiruvçi özgaruvçan salon konfiguratsiyasiga ega öz-özini boşqaruvçi avtobus yaratiş rejalari bor. Bunday maşinalar berilgan marşrutda bir yönalişda soatiga 8000 nafargaça yölovçini taşişi mumkinligi közda tutilmoqda.

Yölovçi avtonom transporti soatiga 40 km tezlikda harakatlanişi mumkin. Atrof-muhit va uning özgarişini baholaş imkonini beruvçi xavfsizlikning turli tizimlari körib çiqilgan.

Singapur avtopilotlaş texnologiyasiga katta e'tibor qaratmoqda. Kelajakda bunday robotlaştirilgan avtomobillar şahar köçalarida tirbandlik muammosini bartaraf etişiga umid bildirilmoqda.