Apple kompaniyasi özining işlab çiqaruvçilar tarmoğida yangi hisobotni çop etdi, unga köra şu yilning 18 aprel holatiga binoan barça iOS-qurilmalarning 84 foizi eng sönggi iOS 9 operatsion tizimi boşqaruvi ostida işlamoqda. Fevral oyida bu körsatkiç 77 foiznigina taşkil etgan. Şuni ta'kidlaş joizki, foydalanuvçilar iOS 9ni ötgan yili iOS 8ga qaraganda tezroq örnatişgan. Şunday bölsa-da, iPhone, iPad va iPod touch egalari iOS 7 ga töqqizga nisbatan faolroq ötişgan.



Eslatib ötamiz, hozirgi vaqtda iOS'ning eng sönggi versiyasi - 9.3.1, ammo kompaniya 9.3.2 versiyasini sinovdan ötkazmoqda. Yaqin kunlarda esa ikkinçi beta-versiya paydo böldi, unga köra energiya tejovçi va tungi rejimlaridan bir vaqtning özida foydalansa böladi.
Apple kompaniyasining 13 iyunda bölib ötadigan WWDC 2016 konferensiyasida iOS 10 versiyasining taqdimoti kutilmoqda.