Kuni böyi bir özi uyda öynab zerikkan ikki yoşli qizim işdan kelişim bilan oyoğimga osiladi. “Opane”, “opane” deydi. Bu “meni kötaring”, degani. Qançalik xorğinlik sezmay, kun böyi dadasini kutgan qizimni kötarib, öynatişdan çarçamayman. Gohida ön ikkigaça ham öynab çiqamiz. Oxiri qölimda közçalarini uyqu elitadi. Bu paytda esa özim ham “nakdaun” bölib, “közga gugurtçöp tirab”, arang uyqudan özimni uşlab turgan bölaman.
Oşxonada idişlarning taraq-turuqi eşitiladi. Qizim közlarini oçadi. Onasining ehtiyotsizligidan jaxlim qaynaydi. Yaxşilab tanbeh bergim keladi...

Yana qizimni allalaşga tuşaman. Tezroq uxlasayu yostiqni quçoqlab, uyqu dengiziga çökib ketsam...
Şu payt taşqarida maşinaning signalizatsiyasi çalinadi. Qizim yana bezovtalanadi. Men tişlarimni ğiçirlatib, maşina egasini içimda böralab sökkan bölaman. Borib, derazani ziçlab yopaman. Şovqin tingaç, qizim yana uyquga ketadi...

“Tiq” etgan tovuş eşitilmasligiga tirişaman...

Nihoyat qizim bir maromda, jimitdek burinçalaridan nafas olib, uyquga ketadi...

Men buni şunçaki yozmadim. Şunçaki bekorçilikdan bitmadim...

Ana şunday kunlarning birida, uyqum öçgan kezlarda öylab qoldim:

Bir paytlar suriyalik, iroqlik va boşqa jahannam öçoğiga aylantirilgan mamlakatlardagi Otalarning ham şunday şirin taşvişi bölgan. Ular ham ayolining turli arzimas şovqinlari farzandlari uyqusini öçirganda yoxud maşinaning ovozidan ğazablangan...

Bugun-çi? Jajjilarining quloqlar şovqinlarga, beğubor közlari qip-qizil qonga örgandi...

Endi u otalar biz kabi şunçaki derazani yopiş bilan taşqaridagi şovqin-suronni tindira olmaydi... Internetu televizorda körgan tasvirlar köz oldimdan öta boşlaydi: