Serbiya boş vaziri Aleksandr Vuçiç rahbarligidagi hukmron koalitsiya mamlakatda bölib ötgan parlament saylovlarida raqiblarini ortda qoldirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
Serbiya markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, saylov byulletenlarining 27,25 foizi sanab çiqilgan vaqtda, Vuçiç bloki 49,3 foiz ovoz töplagani ma'lum bölgan.
Uşbu axborot, Serbiyadagi saylov uçastkalari yopilganidan sönggi, 4,5 soat içidagi ilk raqamlardir.
Bundan avval, hukumat rahbari va Serbiya progressiv partiyasi yetakçisi Aleksandr Vuçiç, mamlakat rahbariyati YeIga tezroq integratsiyalaşuv borasida barça imkoniyatlardan foydalanişini ta'kidlagan edi.






