Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan 1915 yilda Usmonlilar imperiyasi hududida halok bölgan armanlarning ölimi uçun uning qarindoşlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.
Erdöğanning şu böyiça nomasi Istanbulda Armanlar apostol çerkovining Konstantinopol patriarxi örinbosari arxiyepiskop Aram Ateşyan tomonidan öqib eşittirilgan.
Prezident maktubida aytilişiça, Turkiya Usmonlilar imperiyasidagi armanlar qayğusini bölişib, ularning xotirasini qadrlaydigan mamlakatdir.
Arman tilidagi bu nomada ta'kidlanişiça, bu voqeaga siyosiylaşgan nafratona sözlar bilan yondaşiş, tarixan umumiy an'analarga ega bölgan arman va turk xalqini bölişga uriniş hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Armaniston prezidenti Serj Sargsyan va mamlakatning birinçi xonimi Rita Sargsyan Tsitsernakaberddagi arman genotsidi qurbonlari xotirasi uçun örnatilgan memorialga taşrif buyurib, gul qöyişgandi. Şuningdek, marhumlarni xotirlaş marosimida kelib çiqişi arman bölgan Hollivud aktyori Jorj Kluni hamda fransiyalik arman Şarl Aznaur ham iştirok etgan. Tan olinmagan Toğli Qoraboğ markazida ham xotirlaş tadbiri ötkazilgan.
24 aprel kuni butun dunyoda xotirlaş marosimlari ötkaziladi, Turkiya tomoni 1915 yilning 24 aprelida Usmonlilar imperiyasi hududida 2 millionga yaqin armanning qirğin qilinganini genotsid sifatida ataşni inkor etadi.
Erdöğan 2014 yilning 23 aprelida mamlakat parlamentida nutq sözlab, XX asr boşlarida arman millatiga qarşi amalga oşirilgan ommaviy qirğin natijasida halok bölganlarning avlodlariga ilk bor hamdardlik bildirgandi.
Eslatib ötamiz, Turkiya va Armaniston örtasidagi diplomatik munosabatlar töxtatilgan, davlatlar örtasidagi çegara esa 1993 yilda yopib qöyilgan edi. Bunday xolatga avvalo Turkiyaning Qoraboğ muammosi böyiça Ozarbayjon pozitsiyasini qöllab-quvvatlaganligi hamda 1915 yilda Usmonlilar Imperiyasi tomonidan armanlarga qarşi uyuştirilgan genotsidning xalqaro miqyosda tan olinişiga Anqaraning bildirgan munosabati sabab bölgan edi.






