Devid Finçer tomonidan 2010 yilda suratga olingan “Ijtimoiy tarmoq” filmi Facebook’ning dastlabki kunlarini yoritib berişda katta iz qoldirdi va bizlarga kollej talabasi Mark Tsukerbergning hayotiga nazar taşlaşga imkon berdi.

Biroq mazkur film ham yoş startapçi Tsukerbergning öşa vaqtlardagi hayotini töliq va oydin körsatib bera olmagan.

Quyidagi video 2005 yilda Facebook’ning Palo-Altodagi idorasida suratga olingan bölib, unda oddiygina, betartib xonada pivo idişlari töplanib yotganini köriş mumkin. Intervyuda tarmoqning boş direktori hamkasblarga onlayn katalog haqida sözlab beradi.

Hozirda eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa aylangan Facebook’ning qariyb 11 yillik tarixiga nazar taşlar ekanmiz, şu örinda bu video 1973 yilda dunyodagi eng yirik kompaniyaga asos solgan Bill Geytsning suratini yodga soldi. Bu vaqtda u ham yaqin kelajakda dunyoning eng badavlat kişilaridan biriga aylanişini tasavvur qilmagandi.