Moskva vokzallarida, yölovçilarning videomurojaat qilişlariga imkoniyat yaratildi, deb xabar qilmoqda M24.ru portali «RJD» temir yöl vokzallari direksiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda.
«Temir yöl vokzallarida video orqali şikoyat yoki boşqa maqsadda murojaat qiliş uçun terminallar joylaştirildi. Yölovçilar uning yordamida temir yöl vokzallari boşqaruviga özlarini qiziqtirgan har qanday masalada bevosita murojaat qilişlari mumkin. Murojaatlarga javoblar "RJD" (Rossiya temir yöllari) saytiga joylaştiriladi», –deyiladi matbuot xizmati xabarnomasida.
Ilk beşta terminal Leningrad (ikkita) va Qozon (uçta terminal) vokzallariga örnatilgan. Yil oxirigaça bunday terminallar Moskvaning barça temir yöl vokzallarida paydo böladi.
Öz navbatida, Yölovçilar ittifoqi raisi Kirill Yankovning aytişiça, yölovçilarni qiziqtirgan masalalar, faqatgina vokzal faoliyati emas, balki temir yöllardagi barça muammolarga boğliq.






