24 aprelda AQŞ prezidenti Barak Obama Germaniyaning Hannover şahriga Germaniya kansleri Angela Merkel bilan dunyodagi eng yirik texnologiya va sanoat investitsiyalari yarmarkasini oçiş uçun keldi.

Tadbirlardan birida ikki davlat yetakçisi virtual reallik şlemini kiyib körişdi. Obama va Merkel qurilmadan navbati bilan foydalanayotganlari aks etgan suratlar internetda ommalaşgan.

Obama Hannoverda Merkel va germaniyalik işbilarmon doiralar bilan Yevropa va AQŞni birlaştiruvçi Transatlantik erkin savdo hududini (TTIP) yaratişning afzalliklarini muhokama qilişni rejalaştirgandi.

Germaniyaning aksariyat aholisi Yevropa bozorini AQŞning arzon va sifatsiz mahsuloti bosib ketişidan xavotirlanib, erkin savdo hududi yaratilişiga qarşi çiqmoqda.