24 aprel kuni Italiya A seriyasida 35-tur uçraşuvlari ötkazildi. Turinning «Yuventus» klubi «Fiorentina»ga qarşi safardagi uçraşuvda navbatdagi 3 oçkoni qölga kiritdi.

Öyinning avvalida hakam mezbonlar hujumçisi Bernardeskining golini hisobga olmadi (ofsayd körsatildi - tahririyat). Köp ötmasdan mehmonlar hujumçisi Mario Manjukiç hisobni oçdi. 81-daqiqada Kaliniç hisobni tenglaştirgan bölsada, 2 daqiqa ötib, Morata öz jamoasiga ğalaba keltirgan gol muallifi böldi - 1:2.

Şu bilan birgalikda bu jamoaning mavsumdagi 27-ğalabasi böldi. Jamoa 25 turdan buyon mağlubiyatga uçramagan. Oxirgi 25 uçraşuvda 24 ğalaba va 1 durang qayd etilgan. Jamoa oxirgi marta 2015 yilning 28 oktabrida «Sassuolo»dan mağlub bölgandi.

Şuningdek, bu ğalaba «Yuventus»ga şu tur yakunlangaç çempionlikni tuhfa etişi mumkin. 24 aprel kungi öyinlardan keyin turinliklar 85 oçko jamğargan. Hali 35-tur uçraşuvini ötkazmagan «Napoli» esa 12 oçko ortda qolmoqda.

25 aprel kuni «Napoli» turning markaziy öyinida «Roma»ga qarşi maydonga tuşadi. Mazkur bellaşuvda neapolliklar klubi oçko yöqotsa, «Yuventus» avtomatik tarzda çempion hisoblanadi. «Napoli» bu turda ğalaba qozonsa, çempionlik poygasini tark etmaydi, lekin qolgan 3 turda turinliklar 1 oçko olsa ham neapolliklar «Yuventus»ga yeta olmaydi va Allegri şogirdlari ketma-ket 5-marta Italiya çempioniga aylanadi.

35-turda şuningdek, «Sassuolo» «Torino»ni, «Sampdoriya» «Latsio»ni, «Bolonya» «Jyenoa»ni, «Atalanta» «Kevo»ni, «Palermo» «Frozinone»ni mağlub etgan.

25 aprel kuni «Roma» — «Napoli», «Verona» — «Milan» hamda «Karpi» — «Empoli» uçraşuvlari bölib ötadi.

Italiya A seriyasi
35-tur bellaşuvlari
23-24 aprel

Fiorentina — Yuventus 1:2
Gollar: Mario Manjukiç, 39 (0:1). Nikola Kaliniç, 81 (1:1). Alvaro Morata, 83 (1:2).
Fiorentina – Teteruşanu, Rodriges, Alonso, Tomoviç, Astori, Iliçiç (Sarate, 53), Valero, Telo (Fernandes, 62), Badel (Ronkalya, 88), Bernardeski, Kaliniç.
Yuventus – Buffon, Bonuççi, Rugani, Evra, Bardzali, Pogba (Asamoa, 84), Xedira, Lemina, Lixtştayner (Kuadrado, 88), Dibala (Morata, 70), Manjukiç.