Toşkent, 1966 yil 26 aprel. Soat tonggi 5:23. Barça sokin uyquda...

Ana şu payt tabiatning vayronkor kuçi bölmiş zilzila butun şaharni yakson etdi. Mahallalar, köçalar vayronaga aylandi, odamlar bu voqealarga tuşunmay, dahşatdan qotib qoldi...

Episentri Qaşqar va Labzak mahallalari örnida qayd etilgan zilzilaning vertikal zarblar kuçi magnitudasi 5,3 ga teng bölib, silkiniş 8 ballni körsatgan. U 10—12 soniya silkinib turgan.

Statistikaga e'tibor qaratiladigan bölsa, 1966 yilning 10 may, 24 may hamda 5 iyun kunlari ham kuçli zilzilalar sodir bölgan.

26 aprel kuni sodir bölgan yer silkinişi natijasida 2 mln. kv. metrdan ziyod turar joy, 236 ta ma'muriy bino, 180 ga yaqin öquv yurti, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolariga zarar yetgan.

78 ming kişi boşpanasiz qolgan, rasmiy ma'lumotlarga köra, 8 kişi halok bölgan. Bunga sabab silkinişlarning böylama bölganligi bilan izohlanadi, böylama tebranişlarda binolar katta zarar körmaydi. 200 nafarga yaqin kişi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Qariyb 15 ming oila özi taşabbus körsatib, Özbekistonning va sobiq ittifoqning boşqa şaharlariga köçib ötişga rozi bölişgan.
Ana şunday qiyinçilik kunida odamlar bir-biriga yelkadoş böldi. Heç kim birovning mulkini tunamadi, birovga ozor yetkazmadi. Köçalar, mahallalar, binolar, xiyobonlar, xullas, bir söz bilan aytganda butun bir Toşkent odamlarning mehnati, bir-birlarini qöllab-quvvatlaşi oqibatida qayta bunyod böldi.



























