Apple korporatsiyasi kadrlar masalasi bilan şuğullanuvçi xodimlar sonini kamaytira boşladi. Bu haqda Venture Beat xabar qildi.
Şunday qilib, kompaniya nafaqat ştatdan taşqari işlaydigan HR-mutaxassislarni, balki doimiy rasman faoliyat yurituvçilarni ham vazifasidan ozod qilmoqda.
Taxminlarga köra, 100dan ortiq xodim işidan ayrilişi mumkin. Biroq Apple bu masalada oşkora ma'lum qilmadi.
Hozirgaça kompaniya yangi xodimlar sonini bir neça barobarga qisqartirib yubordi, şuning uçun kadrlar böyiça mutaxassislarning xizmatidan voz keçişga qaror qilindi.
Manbaga köra, kompaniya bonuslar tizimini ham özgartirgan: agar HR-mutaxassislar yangi xodim maoşining 40 foizigaça mukofot olgan bölsa, hozir bu körsatkiç 10-15 foizni taşkil etadi. Ba'zi xodimlar esa bonuslardan butunlay mahrum etilgan.






