Dubayda joriy yilning avgustida dunyoning eng katta usti yopiq köngiloçar boğiga aylanuvçi “IMG sarguzaştlar dunyosi” oçiladi. Bu haqida The National naşri Ilyas & Mustafa Galadari “IMG” quruvçi kompaniyasining xabariga asoslanib ma'lum qiladi. 

Usti yopiq boğda 20ta attraksion, jumladan, “Dinozavrlarning yöqolgan olami”, Marvel, Cartoon Network brendlaridan esa boşqa bir qator köngiloçar maydonlar barpo etilmoqda. Boğ maydoni 140 ming kvadrat metrni taşkil etib, bu yerda kuniga 20 mingga yaqin insonni qabul qiliş rejalaştirilgan. Boğga asos solganlar bir yil içida 4,5 million atrofida mehmon taşrif buyurişini maqsad qilişgan. Boğga kiriş çiptalari kattalar uçun – 300 dirxam (80 dollar), bolalar uçun – 250 dirxam (70 dollar)ni taşkil qiladi.

Boğning quriliş loyihasi qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda.
Mazkur boğ aslida 2014 yilda oçilişi rejalaştirilgan edi, biroq taşkilotçilar 2013 yil Eronda sodir bölgan zilziladan söng loyiha şartlariga özgartiriş kiritib, işni keyinga qoldirgan edi.

Naşrning qayd etişiça, “IMG sarguzaştlar dunyosi” juda qimmat turuvçi boşqa bir loyiha - Dubai Parks & Resorts oçilişidan ikki oy avval iş boşlaydi. Dubai Parks & Resorts maydoni 2,3 million kvadrat metr bölib, unga 2,7 milliard dollar miqdorida pul sarflangan.

Yangi köngiloçar boğlarning oçilişi natijasida Dubay öz sayyohlari sonini 2020 yilga kelib, 20 millionga oşirişni maqsad qilgan. 2015 yilda Dubayga 13,2 millionga yaqin kişi taşrif buyurgan.