Frantsuz yozuvçisi Martin Grey 93 yoşida vafot etdi, deb xabar beradi L'Express. U “Men sevgan insonlarga” nomli avtobiografik asari bilan tanilgan edi. 

Grey Varşava şahrida tavallud topgan. U “Men sevgan insonlarga” nomli asarida Ikkinçi jahon uruşi vaqti Treblinka konslagerida onasi va aka-ukalaridan, Varşava gettosida esa otasidan qanday qilib ayrilgani töğrisida hikoya qiladi. Şuningdek, yozuvçi aynan mana şu asarida turmuş örtoği va farzandlari 1970 yilda örmondagi yonğin oqibatida halok bölgani haqida ham sözlab bergan.

1983 yilda avtobiografik kitob asosida film suratga olingan. “Barça yaqinlarim nomidan” kinokartinasida boş rolni Maykl York ijro etgan.
2012 yildan beri Grey Sine (Belgiya) şahrida yaşab kelgandi.