Köplab muxlislarga ega “Xolis” ijtimoiy-ommabop gazetasi 1996 yilning 26 aprelida “Dunyo yuzini körgan”. 20 yil muqaddam xuddi şu bugun 5000 nuşada çop etilgan gazeta qisqa fursatlarda respublika miqyosida ommalaşib 30 000 dan ziyod nuşada gazetxonlar qöliga yetib bora boşlagan. Ötgan yillar mobaynida unda çop etilgan madaniy-ma'rifiy maqolalar soniyu sifatiga boqib bugun uni Andijon viloyatining şu yönalişdagi kiçik solnomasiga mengzasa böladi.

Dastlab 2-3 nafar ijodiy xodim, 5-6 nafar jamoatçi muxbirlar bilan iş boşlagan gazeta bugun özining juda köplab jamoatçi muxbirlari, faol mualliflariga ega.

Tölan Nizom, Olimjon Xoldor, Tursunoy Sodiqova, Şodmon Otabek, Abdunabi Boyqöziyev singari taniqli ijodkorlar bilan bir qatorda Komiljon Nişonov, Muzaffar Ismoilov, Nusrat Abdusalom, Olimjon Rahimov, Habibullo Isomiddinov, Mahkam Mamadaliyev, Bahrom Zokirjonov, Nigora Saydaliyeva, Şuhrat Keldiyev, Elmurod Ermatov singari ötkir qalam sohiblari gazetaning rang-barang va mazmunli çiqişida faoldirlar.

Yillar davomida öz yönalişini belgilab, ma'lum “özan”ga tuşib olgan gazeta öz an'analariga sodiq qolgan holda bugunda ham boy ötmişimiz, gözal qadriyatlarimiz, özligimiz haqida sözlovçi çiqişlari bilan halqimizga xizmat qilib kelmoqda. “Sihat-salomatlik”, “Sport”, “Yoşlar” sahifalari muxlislarni zamon yangiliklari bilan hamnafas qilmoqda.

“Xolis”çilarning niyati, bundan keyin ham öz maslaklariga sodiq qolgan holda halqimiz ma'naviy hayotining yuksalişiga hissa qöşib borişdir.

Elmurod Ermatov, Andijon