Taniqli videobloger Deyv Bennett özining YouTube-kanaliga 1.6 Android Wear “aqlli” soatida Counter-Strike 1.6 jamoaviy otişma öyinini öynayotgani aks ettirilgan videoni joyladi.
Bloger rolik orqali soatda öyinni işga tuşiriş sxemasini batafsil yoritib bergan. Şuningdek, u qurilma internetga ulanmaganligi bois faqat botlar bilan öynaş rejimidan foydalaniş mumkinligini ham qayd etgan. Bundan taşqari, Bennett özining saytida Android’da öyinlarni işga tuşiriş böyiça körsatmalar joylaştirdi.
Rolikda şuni köriş mumkinki, “aqlli” soatlarda öyin öynaş — boşqaruv tugmalari butun ekranni egallab olganligi sababli noqulay va ğayrioddiy maşğulot. Bundan taşqari, bloger boşqaruvni avval özi xabar bergan “aqlli” soatlardagi Half-Life öyini bilan ham soliştirib körgan.







