AQŞda eng çiroyli buldog zotiga mansub it tanlandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Har yilgi an'naviy tanlov 37-marta ötkazildi. Tadbir Dreyk universitetida (Aynova ştati) bölib ötdi.

Tanlov ğolibi Vinsent laqabli ingliz buldogi böldi. It egalari uni hayvonlar uçun möljallangan boşpanadan olişgan va uning yoşi neçada ekanligini bilişmaydi. Taxminlarça, it 3 yoş atrofida.

Endi Vinsent Drake Relays yengil atletika musobaqalarining ramzi bölib "işlab berişiga" töğri keladi. U musobaqa oçilişida va fotosessiyalarda iştirok etadi.

Agar Vinsent öz majburiyatlarini bajara olmasa, unda uning örnini tanlov böyiça undan keyingi örinni egallagan raqiblari egallaydi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada vest-xaylend-uayt-terer zotidagi it eng yaxşi it nomi uçun 22 mingta raqibini ortda qoldirgani ma'lum qilingandi.